Uch qal'a gid bilan

Marshrut
- Ayozqal'a
- Tuproqqal'a
- Qizilqal'a
- Davomiyligi
- 4–5 soat
- Masofa
- 225 km
Ayoz, Tuproq va Qizilqal'a uchun ingliz yoki rus tilida gid; mashina alohida buyurtma qilinadi.
Gid sizni Xiva yoki Urganchdagi mehmonxona, vokzal yoki aeroportda kutib oladi. Ertalab borgan ma'qul, obidalar soat 09:00 da ochiladi. Mashina alohida buyurtma qilinadi.
Qizilqal'a: kechki antik davrda (I–IV asrlar) qurilgan, keyin tashlab ketilgan va XII–XIII asrlarda, mo'g'ullar bosqini arafasida qayta tiklangan.
Tuproqqal'a: II–III asrlarda Xorazm shohlari qarorgohi, saroy qoldiqlari kushonlar davrining eng yaxshi saqlangan yodgorliklaridan. Qizilqal'adan 10–15 daqiqalik masofada.
Oqchako'l: cho'ldagi tabiiy ko'l va odatdagi tushlik joyi. Bu yerda o'tov restoranlari, minimarket va hojatxona bor, cho'milish yoki qum vannasi olish mumkin.
Ayozqal'a: Sultonuvays tizmasining sharqiy chekkasidagi tepalik atrofidagi uchta qal'a, ehtimol VII–VIII asrlarda ko'chmanchilar hujumidan himoya uchun qurilgan. Tepadan cho'l manzarasi va quyosh botishi ko'rinadi.
Tuproqqal'adan Oqchako'lgacha 20 daqiqa, ko'ldan Ayozqal'agacha 30 daqiqa. Ayozqal'adan Xivagacha taxminan 90 daqiqa, Urganchgacha 60 daqiqa.
Narxga kiradi
- Tajribali shaxsiy gid
Narxga kirmaydi
- Transfer
- Kirish chiptalari
- Ovqatlanish



